«Zamin Creative» loyihasi doirasida Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida birinchi sayyor mahorat sabog‘i o‘tkazildi

Toshkentdagi «Zamin Creative» ijod studiyasining teatr san’ati, media va dizayn o‘qituvchilari tomonidan Abdulla Oripov maktabida o‘quv-amaliy tadbirlar tashkil etilib inklyuziv ijodiy muhitda auditoriya bilan ishlash borasidagi tajribalari bilan almashildi.

Qarshi shahar 17-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasasining o‘quvchilari
ham o‘quv jarayonida faol ishtirok etdilar.

Jarayonda sahna mashg‘ulotlari, ilk mualliflik eskizlar yaratish, suratga olish uchun yaxshi rakurslar tanlashni o‘rgandilar.

https://t.me/qashqadaryo_vxtb