«Yuz g’azal — yuz javohir» respublika tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi
Dehqonobod tumanida Mir Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag’ishlab Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo’limi tashabbusi bilan «Yuz g’azal-yuz javohir» tanlovining tuman bosqichi bo’lib o’tdi.
Markazning tuman boʻlinmasi va tuman Xalq ta’limi bo’limi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda 7 yoshdan 70 yoshgacha bo’lgan yuzdan ortiq ishtirokchilar qatnashdi. Tanlovda eng ko‘p va eng chiroyli g’azal o’qigan mumtoz adabiyot ixlosmandlari hakamlar hay’ati tomonidan saralab olindi.
Tanlov yakunida Markazning tuman bo’linmasi tomonidan g’olib va faol ishtirokchilarga diplom, kitoblar jamlanmasi hamda esdalik sovg’alari topshirildi.