Ta’limga tashabbus harakati davom etmoqda
Joriy yilning 5-noyabr kuni Qashqadaryo viloyati «Barkamol avlod» bolalar maktabi Qarshi shahar 31-maktabi bilan hamkorlikda «Taʼlimga tashabbus» shiori ostida olib borilayotgan umummilliy harakati davomida «Chempion bilan uchrashuv» mavzusida davra suhbati tashkil etishdi.
Uchrashuvda Qarshi Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga qatnashib, Xalqaro musobaqalarda o‘rin olgan sportchilar Zaripova Farida, Xudoyqulova Ziyoda, Normurodov Bobur, Dilovov Sardorlar ishtirok etishdi va o‘quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Davra suhbati o‘quvchilar ishtirokida badiiy chiqishlar bilan davom etdi.