Respublika ishchi guruh vakillari Shahrisabz, Yakkabog’ tumanlari va Shahrisabz shahrida bo’ldi
🇺🇿 Xususan, ishchi guruh a’zolarining bugungi manzili tumanlardagi sport maktablari, umumiy o’rta ta’lim maktablari va Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limlariga tashrif buyurib, sportchi yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, sport va umumiy o’rta ta’lim maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
⚡️ Shuningdek, ishchi guruh a’zolari maktab ma’muriyati, fan o’qituvchilari hamda o’quvchi-yoshlar bilan suhbatda bo’lib, ularning takliflari va ularni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
📍 Bundan tashqari, tumandagi sport va umumiy o’rta ta’lim maktablari hamda Yoshlar ishlari agentligi tuman bo’limlari faoliyatida aniqlangan kamchiliklar bo’yicha mas’ullarga tegishli ko’rsatmalar berildi.