Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «G’uzor tuman XTB qonun buzmoqdami?» nomli tanqidiy murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabati:

Holat Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirokida atroflicha o’rganildi.

Qayd etish lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash boʼyicha qoʼshimcha chora tadbiri toʼgʼrisida”gi PQ-5072 sonli qarori hamda Gʼuzor tuman xalq deputatlar kengashining 2022 yil 19 oktyabrdagi VI-56-1044-56-K/22 –sonli qarori ijrosining 1 bandida PQ-5072 ijrosini taʼminlash(qisqacha); 2-bandida esa Oʼzbekston Respubliksi Moliya vazirligining “Ochiq byudjet” axborot portali orqali “Tashabbusli byudjet” jarayonida fuqarolar tomonidan oʼz hududidagi mavjud muammolarni bartaraf etish boʼyicha qoldirilgan takliflarning 3-bosqichi yaʼni «ovoz berish» jarayoni yakunida aniqlangan «gʼolib» takliflar roʼyxati hamda undagi shakllangan tadbirlar moliyalashtirish tasdliqlangan manzilli roʼyxatiga asosan «gʼolib» deb topilgan tuman xalq taʼlimi boʼlimiga qarashli 43-umumiy oʼrta taʼlim maktabiga yangi sport zal qurish ishlarini online(onlayn) tendirga qoʼyilish maqsadida komissiya aʼzolar tuzilgan.

Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.11.2022 yildagi PQ-425-sonli Qarori 1-bandiga asosan 2023 yil 1 yanvardan boshlab Oʼzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturiga va Davlat byudjeti mablagʼlari hisobidan amalga oshiriladigan dasturlarga kiritilgan loyihalar, shuningdek, tashabbusli budjetlashtirish jarayonlari asosida moliyalashtiriladigan qurilish-taʼmirlash ishlari boʼyicha loyihalar doirasida obʼektlarning bosh loyiha-qidiruv va bosh qurilish-pudrat tashkilotlari Qurilish vazirligining ”Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz oʼtkaziladigan elektron tender (tanlov) savdolari orqali aniqlanishini ma’lum qilamiz.

Shunga koʼra, Gʼuzor tuman hokimligining 2022 yil 21 oktyabrdagi 405-4-56-Q/22-sonli qaroriga asosan Gʼuzor tumanidagi 43-umumiy oʼrta taʼlim maktabining sport zal qurilish jarayonini pudratchi tanlash maqsadida 2022 yil 14-dekabr sanasida elektron e-tenderga eʼlonga qoʼyilganligini maʼlum qilamiz.

Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati

https://t.me/qashqadaryo_vxtb