Koson tuman tumani xalq ta’limi bo’limidagi yong’in  bo’yicha rasmiy munosabat

Joriy yilning 14-yanvar kuni soat taxminan 20:17 larda Koson tumani «Saripul» MFY, «Mustaqillik shox» ko’chasida joylashgan Xalq ta’limi bo’limining qo’chimcha 1 qavatli binosida yong’in chiqqan.  Voqea joyiga 2 ta yong’in-qutqaruv boʻlinmasi jalb qilinib, manzilga soat taxminan 20:20 da yetib borgan va yong’in to’liq soat 21:20 larda bartaraf etilgan.

Yong’indan binosining taxminan 40 metr kvadrat maydoni va unga yondosh fuqaro Z.Q ga tegishli uyning 10 metr kvadrat maydonda tom qismi zarar koʻrgan.

Yong’indan hech kim tan jarohati olmagan, hozirda yong’in sababi va zarari mutaxassislar tomonidan aniqlanmoqda.

Voqea joyiga, Koson tuman sektor rahbarlari va FVB masʼullari yetib borishgan.