QO‘LLARIMDAN TUT, BOLAJON…

✅Yakkаbog‘ tuman 75-umumiy o’rta ta’lim maktab mas’ullari hamda Yangiobod mahalla fuqarolar yig’ini yoshlar yetakchisi B.Alisherov ta’lim muassasasida uy sharoitida o‘qiyotgan o‘quvchilarni xonadonlariga borishdi va ularga yaratib berilayotgan sharoitlar hamda dars mashg’ulotlarini sifatli tashkil etish bo’yicha amalga oshirilgan ishlar bilan navbatdagi o’rganish ishlarini amalga oshirishdi. Sovuq havo oqimi sababli maktabini sog’ingan ulkan qalb sohiblariga jamoa salomlari yetkazildi.Yoshlar ishlari agentligi hamda maktab jamoasi tomonidan berilgan sovg’alar ularning quvonchiga quvonch qo’shdi.

«…. Yakka tartibda ta’lim olayotgan har bir o‘quvchining orzu-istaklari, ichki kechinmalari, dars mashg‘ulotlarining talab darajasida borishi bizning doimo nazoratimizda»,-deydi maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Suyunjon Karimov.