Prezident sovrini uchun “Raqamli texnologiyalar yo‘nalishida eng yaxshi startap” tanlovi o‘tkaziladi

Nizomga ko‘ra, tanlov 2023-yil maydan har yili quyidagi 5 ta asosiy hamda 1 ta maxsus yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladi:

— sunʼiy intellekt texnologiyalari;
— ijtimoiy yo‘nalishda raqamli texnologiyalar;
— axborot va kiberxavfsizlik texnologiyalari;
— tadbirkorlik va moliyaviy texnologiyalar;
— kompyuter va mobil o‘yin dasturlari.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadi:

1-o‘rin uchun – 100 ming AQSH dollari;
2-o‘rin uchun – 50 ming AQSH dollari;
3-o‘rin uchun – 30 ming AQSH dollari;

Maxsus yo‘nalish bo‘yicha (bitta) – 100 ming AQSH dollari.