📝 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarorida har yili O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini tashkil qilish belgilangan.

💠 2022-2023 o’quv yilida o’tkaziladigan mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan maktablar ooo.uzedu.uz axborot tizimiga kirib, ro‘yxatdan o‘tishlari va ariza yuborishlari mumkinligini eslatib o’tamiz. Hozirgi kunga qadar 571 ta maktablarning tanlovda ishtirok etish uchun yuborgan arizalari qabul qilingan.

🔰 Tanlov g’oliblari quyidagi miqdorda Prezident sovrini bilan mukofotlanadi:

✅Tuman(shahar) bosqichida g’olib bo’lgan maktablar tuman hokimligi tomonidan:
👉 1-o’rin – 100 million so’m;
👉 2-o’rin – 75 million so’m;
👉 3-o’rin – 50 million so’m.

✅ Viloyat bosqichida g’olib bo’lgan maktablar viloyat hokimligi tomonidan:
👉 1-o’rin – 250 million so’m;
👉 2-o’rin – 200 million so’m;
👉 3-o’rin – 150 million so’m.

✅ Respublika bosqichida g’olib bo’lgan maktablar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan:
👉 1-o’rin – 500 million so’m;
👉 2-o’rin – 400 million so’m;
👉 3-o’rin – 300 million so’m
miqdordagi pul mukofotlari bilan taqdirlanishi Vazirlar mahkamasi qarori bilan belgilab berilgan.

Tanlovning birinchi bosqichida har bir ishtirokchi maktab o‘quvchilaridan iborat terma jamoaning xorijiy tillarni bilish darajasi test topshiriqlari vositasida sinovdan o‘tkaziladi hamda ushbu maktablarning asosiy ko‘rsatkichlari baholash mezonlari asosida baholanadi.

💠Birinchi bosqichda maktablar 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi, jumladan, test topshiriqlari uchun — 50 ball, asosiy ko‘rsatkichlar uchun — 50 ball qo‘yiladi.

👀Maktab jamoasining har bir o’quvchisi test sinovlari jarayonida individual baholanib, ishtirokchilarning natijalari umumlashtiriladi va asosiy ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan ballar qo‘shilgan holda maktabning umumiy natijasi chiqariladi.

❗️Umumiy natijaga ko‘ra eng yuqori ball to‘plagan maktablar ballar ketma-ketligiga ko‘ra 1, 2, 3-o‘rinlarni egallagan maktablar sifatida belgilanadi.

💠Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha maktabning asosiy ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari:
🔸I. Xorijiy til o‘qituvchilarining malaka toifasiga egaligi;
🔸II. Xorijiy til o‘qituvchilarining xalqaro imtihon tizimlari bo‘yicha maxsus sertifikatlarga egaligi;
🔸III. Maktabda xorijiy til o‘rgatish bo‘yicha ta’lim xizmatlari ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilganligi;
🔸IV. O‘quvchilarning olimpiada va tanlovlarda erishgan natijalari.

🌐 👉 olympiad.uzedu.uz
📲 👉@olimpdep