MUNOSАBАT
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Oʼzbekistondagi maktablarda bir sinfdagi oʼquvchilar soni 20 nafargacha qisqartirilishi toʼgʼrisidagi xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga koʼra (https://lex.uz/docs/6008665), 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish va mukammal taʼmirlash hisobiga 1,2 million oʼquvchi oʼrni miqdoridagi yangi quvvatlar yaratilishi topshirilgan.
Qaror bilan 2022-2026-yillarda umumiy oʼrta taʼlim muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlashning asosiy prognoz koʼrsatkichlari tasdiqlangan boʼlib, unga koʼra respublika boʼyicha 2899 ta maktabda qurilish, rekonstruktsiya qilish va taʼmirlash ishlari amalga oshiriladi.
Аyni damda bir sinfda oʼquvchilar soni 35 nafardan oshmasligi belgilangan bo’lib, blogerlardan yolgʼon maʼlumotlar tarqatmaslikni soʼrab qolamiz.