Memorandum doirasida mahorat darslari tashkil etildi
Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyat «Barkamol avlod» bolalar maktabi hamda Qashqadaryo viloyat Madaniyat boshqarmasi o’rtasida o‘zaro hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.
Memorandum doirasida Qashqadaryo viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi Musiqali drama teatri bilan hamkorlikda taniqli aktiyorlar va mashhur insonlar ishtirokida mahorat darsi (master klass) tashkil etildi.
☝️Davra suhbatida, “Barkamol avlod” bolalar maktabi to‘garak a’zolari hamda O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan aktyor va aktrisalar S.Qarabayev, R. Mustafayeva va iqtidorli aktiyorlar G‘.Xusayinov, A.Berdiyevlar ishtirok etdi.
✳️ Mazkur mahorat darslaridan maqsad “Barkamol avlod” bolalar maktablarining “Madaniyat va san’at” yoʻnalishidagi toʻgaraklarni rivojlantirish hamda ularda o’quvchi-yoshlar qamrovini oshirishdan iborat.