Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida ma’muriy islohotlar bilan tanishtirish maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim agentligi va Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi jamoasi ishtirok etdi.

✔️Hilola Umarova yig’ilganlarga islohotlar mohiyati haqida gapirarkan, jumladan shunday dedi:

— Davlatimiz rahbari maktablarda ta’lim sifati hamda jamiyatda o‘qituvchi kasbi nufuzini oshirish va sharoitlarini yaxshilash 2023-yildagi eng asosiy vazifalarimizdan biri bo‘lishini ta’kidlaganlar.

Shunga asosan bizning eng asosiy maqsadimiz, bu — farzandlarimizga sifatli ta’lim berishda bog‘cha, maktab va oliy ta’lim uyg‘unligini ta’minlashdan iborat. Bu yo‘lda hammamiz hamjihatlikda ishlashimiz lozim.

❗️Shundan so‘ng vazir tizimiga oid masalalar bo‘yicha muammo hamda takliflar bo’yicha shaxsan o‘zi nazorat qiladigan yangi telegram bot va e-mail manzilini yig‘ilish ishtirokchilariga taqdim etdi.