Mamlakat kuch-qudratini bilimli yoshlar belgilaydi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tuman hokimi Samad Hasanov 11-fevral kuni hududdagi maktablar direktorlari bilan ta’lim sifatini oshirish borasida “ZOOM” platformasi orqali muloqot o‘tkazdi (https://t.me/Shahrisabz_tuman_hokimligi/20668?single).
Tumandagi mavjud maktablar o‘rganilganib, ijobiy natijalarga erishgan 10 ta umumta’lim maktabi tanlab olinib, ularning tajribasini tuman bo‘ylab yoyish borasida ishlar boshlab yuborilgan.
Muloqotda ta’lim sifatini yaxshilash, o‘qituvchilarning bilim saviyasini oshirish, bolalar bilan shug‘ullanishning zamonaviy metodlaridan foydalanish, bitiruvchilarning oliy o‘quv yurtiga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha ijobiy natijalarga erishish yuzasidan so‘z yuritildi.
Shuningdek, maktablarda 7-11- sinflarni ixtisoslashtirish va o‘quvchilarning qiziqishiga qarab chuqurlashtirilgan tartibda bilim berib borish belgilab olindi.