Kitob tumanida “Kitobsevar millat” shiori ostida aksiyalar tashkil etilmoqda
Yoshlar o‘rtasida kitobxonlikka bo‘lgan mehrni oshirish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirish maqsadida Kitob tumani xalq ta’lim bo‘limi tashabbusi bilan hamkor tashkilotlar birgalikda “Kitobsevar millat” shiori ostida aksiyalar o‘tkazilmoqda.
🏢Jumladan, mazkur loyiha doirasida tumandagi 3-, 17-, 24-, 33-, 87-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xuddi shunday targ`ibot tadbirlari amalga oshirildi. Aksiyalar doirasida o`quvchilarning ota-onalari o`z farzandlari uchun turli mazmundagi badiiy adabiyotlar xarid qilsihdi.