ENG YAXSHI «KITOBXONLIK FESTIVALI» G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasi tomonidan omma o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini shakllantirib, kitobxon o‘quvchilar va faol kutubxonachilarni rag‘batlantirish maqsadida yurtimiz bo‘ylab barcha viloyatlarda katta “Kitobxonlik festivali” o‘tkazildi.
Yil davomida tashkil etilgan kitobxonlik festivallari ichida «Eng yaxshi Kitobxonlik festivali” ni aniqlash bo’yicha so’rovnoma o’tkazildi.
🖼 So’rovnoma natijalariga ko‘ra quyidagi bolalar kutubxonalari g‘olib deb topildi:
1-o‘rin.Farg’ona (https://t.me/XTV_respublika_bolalar_kutubxona/5559?single)viloyat Bolalar kutubxonasi
2-o‘rin. Qashqadaryo (https://t.me/XTV_respublika_bolalar_kutubxona/6509?single) viloyat Bolalar kutubxonasi
3-o‘rin.Qoraqalpog’iston Respublikasi (https://t.me/XTV_respublika_bolalar_kutubxona/2298)Bolalar kutubxonasi
Eslatib o’tamiz, g‘oliblar Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Respublika bolalar kutubxonasining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadi.
Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati
https://t.me/qashqadaryo_vxtb