UZB | RUS | ENG | +998 (75) 223-47-33 |
Yakkabog‘ tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 103-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori lavozimiga nomunosib nomzod tayinlangani hamda ko‘p yillik ish stajiga ekanligiga qaramasdan unga dars soati berilmaganligini bildirib ushbu masalalarni o‘rganib chiqilishida amaliy yordam berilishini so‘ralgan.
O‘rganish davomida Yakkabog‘ tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 103-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorligi lavozimi vakant bo‘lganligi sababli 2021-yil 6-noyabrda Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining Vacancy.argos.uz saytiga ochiq tanlovga e’longa berilganligi ma’lum bo‘ldi. Ushbu lavozimga 7 nafar nomzodlar ariza topshirgan.
4 nafar nomzodlarning malaka talablari mos kelgan va ikkinchi bosqichga o‘tgan. 2022-yil
1-fevral kuni test sinovlarida 2 nafar nomzodlar ya’ni J. L. hamda A. B. ishtirok etgan. Ikki nafar nomzodlar ishtirok etmagan. Test sinovlaridan J. L. 27,5 ball, A. B. 67,5 ball to‘plagan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligining 2020-yil 20-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati, hududiy bo‘linmalar, tizimdagi tashkilotlar va muassasalardagi vakant lavozimlarga o‘tkazishda tanlov asosida saralab olish tartibi to‘g‘risida”gi qo‘shma qarorining 4-bob 25-bandiga asosan nomzodlarning test savollari umumiy ko‘rsatkichining kamida 55 foiziga teng ball to‘plashi imtihon natijalarini ijobiy deb topish uchun asos bo‘ladi deb ko‘rsatilgan.
A. B. Z. 1989-yilda Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan. 2014-yilda Toshkent Axborot texnologiyalari universitetini tamomlagan. 2014-2016 yillarda Yakkabobg‘ tumani Agrobiznes kollejida amaliyotchi o‘qituvchisi, ishlab chiqarish ta’lim ustasi,
2016-2018-yillar xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2019-yil 7-dekabrdagi “Xalq ta’limi xodimlari asosiy lavozimlarining malaka tavsiflari” to‘g‘risidagi 393-sonli buyrug‘ining
2-bob, birinchi qismi 4-bandida Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari malaka talablariga “kamida bakalavr darajasidagi oliy ma’lumot, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi tajribali ofitserlar (umumiy o‘rta ta’lim maktablari uchun);
b) xorijiy tillardan birining boshlang‘ich bosqichini va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
v) umumiy o‘rta (boshlang‘ich) ta’lim maktablari uchun – ta’lim sohasida kamida 5 yillik pedagogik staj va rahbarlik lavozimida 2 yil ish staji bo‘lishi belgilangan.
Yuqoridagilarga asosan A. B. Z. nomzodi malaka talablariga mos kelganligi hamda test sinovlaridan ijobiy o‘tganligini inobatga olib Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2022-yil 24-fevraldagi 01/6-5750-sonli xati bilan uning nomzodi Xalq deputatlari Yakkabog‘ tumani Kengashiga ko‘rib chiqish uchun yuborilgan.
Xalq depututlari Yakkabog‘ tumani Kengashining 2022-yil 31-maydagi VI-42-59-4-68-K722-sonli Qarori bilan A. B. Z. Yakkabog‘ tumani 103-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlik lavozimiga taviya etilgan. Kengash qaroriga asosan viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining 2022-yil 27-iyundagi 274-k-sonli buyrug‘i bilan A. B. Z. Yakkabog‘ tumani 103-umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori etib tayinlangan.
ое насекомое.
Пн | Вт | Ср | Чт | Пт | Сб | Вс |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2 | 3 | 4 | 5 | 6 | 7 |
8 | 9 | 10 | 11 | 12 | 13 | 14 |
15 | 16 | 17 | 18 | 19 | 20 | 21 |
22 | 23 | 24 | 25 | 26 | 27 | 28 |
29 | 30 | 31 |
Qashqadaryo viloyat xalq
ta’limi boshqarmasi
Sayt oxirgi marta yangilangan: 12:59, 1.06.2021 (GMT+5)
Saytdan xato topdingizmi? CTRL + ENTER bosing