UZB | RUS | ENG | +998 (75) 223-47-33 |
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020 yil 6 oktabrdagi PQ-4851-sonli qarori qabul qilingan edi.
Unga muvofiq, 2021–2023-yillar davomida respublikaning barcha shahar va tumanlarida jami 205 ta IT-maktablarni tashkil etish belgilangan.
Shu munosabat bilan 2021/2022 o‘quv yilida Qashqadaryoda faoliyatini boshlagan 6 ta (Shahrisabz shahridagi 1-, Kitob tumanidagi 1-, Koson tumanidagi 9-, Qarshi tumanidagi 65-, Nishon tumanidagi 1-, G‘uzor tumanidagi 14-) maktablarga AKT vazirligi tomonidan 96 ta kompyuter qurilmalari topshirildi.
Qashqadaryo viloyat xalq
ta’limi boshqarmasi
Sayt oxirgi marta yangilangan: 12:59, 1.06.2021 (GMT+5)
Saytdan xato topdingizmi? CTRL + ENTER bosing