#Taqdirlash_marosimi

“OLIMPIADA ISHTIROKCHILARI UCHUN XALQARO TRENINGLAR TASHKIL ETILADI” — VAZIR

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan tashkil etilgan “O‘qituvchilar olimpiadasi” g’oliblarini taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

✅Mazkur olimpiada matematika, fizika, kimyo va biologiya fanlaridan o’tkazildi.

Unda viloyat bosqichlaridan g’oliblikni qo’lga kiritgan o’qituvchilar ishtirok etishdi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova ham ishtirok etdi.

Taqdirlash marosimidan so’ng o’qituvchilar uchun vazir bilan “ochiq muloqot” tashkil etildi. Unda pedagoglar yangi vazirga o’zlarini qiziqtirgan savollar va sohaga oid takliflar bilan murojaat qilishdi.