Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi

Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining tegishli yig‘ilish bayoniga asosan, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18-yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilinadi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Axborot xizmati

RASMIY MUNOSABAT

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «G’uzor tuman XTB qonun buzmoqdami?» nomli tanqidiy murojaat yuzasidan Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi munosabati: Holat Qashqadaryo viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mas’ullari ishtirokida atroflicha o’rganildi. Qayd etish lozimki, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 13 apreldagi “Byudjet jarayonida fuqarolarning faol ishtirokini ta’minlash boʼyicha qoʼshimcha chora tadbiri toʼgʼrisida”gi PQ-5072 sonli qarori hamda Gʼuzor tuman […]