Ma’lumot
O'zbekiston respublikasi xalq ta'lim vazirligi Qashqadaryo viloyat xalq ta'limi boshqarmasining rasmiy veb saytiga xush kelibsiz. Siz bizning veb saytdan juda ko'lab foydali ma'lumotlar olishingiz yoki interaktiv xizmatlarimizdan foydalanishingiz mumkun. Biz saytdagi kontentlar asosay ota-onalar, o'quvchilar va albatta pedagoglar uchun.

Ota-onalarga
Ota-onalar uchun dars soatlari, savol-javoblar, darsliklarning ijara narxlari, qabul xujjatlari, psixolog tavsiyalari va oliy ta'lim muassasalari haqida ma'lumot olishlari mumkun. Bundan tashqari siz onlayn dars soatlarini ham kuzatib borishingiz …

O'quvchilarga
O'quvchilar uchun saytimizda imtihon savollari, sinflar akademiyasi, maktab darsliklari va boshqa ko'plab foydali ma'lumotlar mavjud. Barcha darsliklarni elektron shaklda ham yuklab olishingiz mumkun.

Pedagoglarga
O'qituvchilar uchun ta'lim standartlari, oq'uv dasturlari, tasdiqlangan darslik va qo'llanmalarni bilib olishlari mumkun. O'qituvchilar bundan tashqari onlayn darslarni ham kuzatib borish imkoniyatiga egalar.
Boshqarma haqida
Bizning maqsadimiz!
MAQSAD VA VAZIFALARIMIZ HAQIDA TUSHUNCHA
Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining bosh maqsadi — maʼnaviy barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat boʻlib, u insonparvarlik va demokratik xarakter kasb etadi. OʻzR ning 1997 y. 29 avg .da qabul qilingan "Taʼlim toʻgʻrisida"gi qonuni va Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Xalq taʼlimi tizimining barcha yoʻnalishlarini takomillashtirish va rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar ochib berdi. Krnun va dasturda kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari, jumladan, uzluksiz taʼlim taʼriflanib, uning asosiy vazifasi belgilab berilgan. Xalq taʼlimi maktabgacha taʼlim, umumiy urta taʼlim, oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim turlarini kamrab oladi.
Himmatov Abdug'ani Xudoyberdiyevich
Biz haqimizda
Batafsil Ko'rish...
Biz bilan bo’glanish
FAKTLAR
Koʻp mamlakatlarda Xalq taʼlimining asosiy tizimi boshlangich taʼlim hisoblanadi va u 4 yildan 9 yilgacha davom etadi. Oʻzbekistonda Xalq taʼlimining dastlabki boskichi maktabgacha taʼlim xisoblanadi. Maktabgacha taʼlim bola shaxsini ruhan va jismonan sogʻlom, yetuk tarzda, maktabda oʻqishga tayyor holda shakllantirishni nazarda tutadi.
Boshlangich taʼlim toʻrt yillik boʻlib, u umumiy oʻrta taʼlim olish uchun zarur boʻlgan savodxonlik, bilim va koʻnikma asoslarini shakllantirishga qaratilgan. Boshlangʻich taʼlimning 1-sinfiga bolalar 6—7 yoshdan qabul qilinadi. Xalq taʼlim vazirligining umumiy taʼlim bosqichida ham bilimlar davlat taʼlim standartlarida belgilangan hajmda beriladi.
Xalq taʼlimining oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi turida taʼlim olish ixtiyoriymajburiy tarzda amalga oshiriladi. Umumiy Urta taʼlimni yakunlagan oʻquvchi bilim olishni taʼlimning maʼlum yoʻnalishini chuqur oʻzlashtirish uchun akademik litsey yoki umumiy oʻrta taʼlimni maʼlum kasb-hunar bilan bogʻlab oʻrganish maqsadida kasb-hunar kollejidi ixtiyoriy ravishda davom ettirishi zarur.
Xalq taʼlimining oliy taʼlim bosqichi yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashni taʼminlaydi. Oliy taʼlim universitet, oʻquv akademiyasi, intlarda urta maxsus, kasb-hunar taʼlimi negizida amalga oshiriladi. Oliy taʼlim olish ixtiyoriy bulib, taʼlim muddati kamida 4 yildan iborat boʻlgan bakalavriat hamda oʻqish muddati kamida 2 yildan iborat boʻlgan magistratura boskichida amalga oshiriladi.